20:37 / 25.03.2017
6 958

Vladimir Tyurdenev: O‘zbekistonning eng katta boyligi - ahil va mehmondo‘st xalqi

Vladimir Tyurdenev: O‘zbekistonning eng katta boyligi - ahil va mehmondo‘st xalqi
Rossiya Federasiyasining O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga bo‘lajak tashrifi, ikki mamlakatning iqtisodiy va madaniy hamkorligi hamda O‘zbekistonning diqqatga sazovor tomonlari haqida so‘zlab berdi.

Butun dunyoga mashhur sharqona bozorlar alohida e’tiborga ega. Ular hali ham xuddi yuz yillar ilgarigi kabi quyoshning ilk nurlari bilan uyg‘onadi va shirindan shakar meva-sabzavotlari, yangi uzilgan nonlarining isi bilan xaridorlarni chorlaydi.

O‘zbekistonning sharqona ruhi zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan uyg‘unlashib ketgan.

Lekin O‘zbekistonning eng katta boyligi — bu albatta asrlar davomida ahil oila bo‘lib yashab kelayotgan ko‘pmillatli xalqidir. Qaerga bormang, sizni qaynoq mehr va xursandlik bilan kutib oladilar.

O‘zbek mehmondo‘stligining ajralmas qismi bu shubhasiz milliy oshxonasi hisoblanadi.

Tan olish kerak, o‘zbek oshxonasi haqida gapirish osonmas, chunki ishtahani ochib yuboradigan palov, manti, sho‘rva, shashlik, lag‘mon, somsa kabi taomlarning nomlarining o‘zidanoq sehrli is taraladi. Bejizga butun dunyoda o‘zbek taomlari Sharqning eng mazali va sifatli taomlari sifatida e’tirof etilmaydi, deydi Vladimir Tyurdenev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vladimir Tyurdenev: O‘zbekistonning eng katta boyligi - ahil va mehmondo‘st xalqi