01:17 / 27.03.2017
7 398

Yurtimizda kutilayotgan sovuq havo meva-sabzavot hosiliga ta’sir qiladimi?

Yurtimizda kutilayotgan sovuq havo meva-sabzavot hosiliga ta’sir qiladimi?
O‘zgidrometerologiya markazining xabar berishicha, 1–4 aprel kunlari respublikamizda havoning keskin o‘zgarishi, qorga aylanuvchi yomg‘ir yog‘ishi, shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrga etishi kutilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

REGNUM axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyining boshida kutilayotgan ayoz, yomg‘ir va kuchli shamol gilos, o‘rik va shaftoli kabi mevalarning hosiliga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayni paytda yurtimizda bu daraxtlar gullamoqda.

Ekspertlarning fikricha, bunday sovuqning kutilmaganda qaytishi bog‘ va tomorqalardagi gullayotgan va tuguncha yozayotgan ko‘plab nabobot turlari hosilining nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sabzavot va mevalar uchun havo haroratining –5... –9 darajaga tushishi ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Kashnich, sabzi, selderey, piyoz, shivit va ismaloq ekkanlar xotirjam bo‘lishlari mumkin — ular sovuqqa chidamli o‘simliklar hisoblanadi va –8... –10 daraja sovuqqa ham chidaydi. Talofat ko‘rishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar ichida pomidor, bodring, baqlajon va qalampir kabi o‘simliklar bor. Ular issiqxonada ekilgan bo‘lsa ham, me’yordagi harorat rejimini saqlash, keskin o‘zgarishlardan himoyalash kerak. Engil minus (–2... –3 daraja) ularni nobud qilmaydi, lekin rivojlanishini bir necha hafta ortga surishi mumkin. Gilos, olma va boshqa danakli mevalarning –4 daraja sovuqda pushtasi to‘kiladi, gullayotgan paytida –2 daraja sovuq ursa ham tugunchasi nobud bo‘ladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga 17 million tonna meva-sabzovot mahsulotlari etishtiriladi, ularning 4 million tonnadan ortig‘i eksport qilinadi. Ya’ni, respublikamizda etishtirilayotgan meva-sabzovotlar miqdori nafaqat ichki bozorni to‘liq ta’minlash, balki yuqori sifatli mahsulotlarni xorijga etkazishga ham etadi.

O‘tgan yilning noyabr oyida o‘tkazilgan I xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida O‘zbekiston 1 mlrd. AQSh dollaridan ortiq summaga 355 ta shartnoma imzolagan edi. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, O‘zbekiston 1 mln. 421 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. "O‘zagroeksport" ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari yalpi eksportini 2016 yildagiga nisbatan 1,55 martaga oshirib, 1,27 mln. tonnaga etkazishni rejalashtirgan. Kompaniya mutaxassislarning baholashicha, eksport umiymiy hajmining 60 foizi Rossiya Federasiyasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yilda Qozog‘istonga etkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari ulushini 23 foizga oshirib — 410 mln. AQSh dollari qiymatida 560 ming tonnaga etkazishni maqsad qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yurtimizda kutilayotgan sovuq havo meva-sabzavot hosiliga ta’sir qiladimi?