11:42 / 28.03.2017
11 547

Samarqandda mehr va sahovat tadbiri bo‘lib o‘tdi

Samarqandda mehr va sahovat tadbiri bo‘lib o‘tdi
Navro‘z mehr muruvvat, hayir ixson oyligi davom etayotgan ayni shu kunlarda Samarqand shahar “Xo‘jasoat” mahalla fuqarolar kengashi tashabbusi bilan 9-son mehribonlik uy tarbiyalashuvchilarining o‘n ikki nafariga katta dasturxon yozib sunnat to‘ylarini tashkil qilib berdilar.

Ushbu hayrli tadbirni tashkil qilishda mahalla fuqarolar kengashi raisi Muysin Jumaevning alohida xizmatlarini aytib o‘tish lozim. Bundan tashqari mahalla maslahatchisi Dilshoda Bobomurodova, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosari Ahmadjon Elmurodov, qolaversa mahallaning barcha faollarini tadbirga ko‘shgan xizmatlarini aytmasdan o‘tish mumkin emas.

Bo‘lib o‘tgan hayrli hamda ibratli tadbirda Samarqand shahar Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi badiiy havaskorlik jamoalaridan “Sug‘diyona” vokal-cholg‘u guruhi rahbari To‘lqin Sobirov, Raqs-xoreografiya guruhi baletmeyster Yodgora Narzullaeva, Bolalar folklor guruhi rahbar Sherzod Tursunov, xonandalar Erkinjon Mardonov, Sadriddin Odilov, Mirmadillo Tursunovlar hamda xo‘shovoz estrada xonandasi Setorabonular o‘zlarining ajoyib qo‘shiq va raqslarini namoish etdilar. Tadbirning eng kichik qatnashchilari bo‘lgan Umida o‘zining ajoyib raqsi bilan, Samilla esa o‘zini she’ri bilan tengdoshlarini tabrikladilar.





Bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir ko‘yigillarga olam-olam zavq va shavq ulashdi.

Ochil Jumanazarov, Samarqand shahar Amir Temur madaniyat
va aholi dam olish markazi direktori

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda mehr va sahovat tadbiri bo‘lib o‘tdi