14:59 / 29.03.2017
6 177

Shol kishi birinchi marta fikr kuchi bilan harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi

Shol kishi birinchi marta fikr kuchi bilan harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi
Amerikalik olimlar guruhi boshidan pastki qismi shol bo‘lgan kishiga fikr kuchi bilan harakatlanish imkonini berib, unga qo‘l nazoratini qaytarishdi. Mutaxassislar bu haqida The Lancet jurnaliga ma’lumot bergan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Tajriba ostidagi 56 yoshli Bill Kochevar baxtsiz hodisa sabab oyoq va qo‘l sholidan aziyat chekkan. Tadqiqotchilar Kochevarning bosh miya motor qobig‘i sohasiga har biri kichik tabletka hajmida bo‘lgan ikki 96 kanalli elektron massivni o‘rnatishdi. Ular Kochevar qo‘lini harakatga keltirayotganini tasavvur qilgan paytda miya signallarini yozib oladi va bu signallarni kompyuter interfeysiga etkazadi. Interfeys ularni dekodlaydi va erkakning qo‘l va elkasi orasiga o‘rnatilgan stimulyasiya tizimini faollashtiradi.

Kochevar implantasiya oldidan uzoq mashq qilishiga to‘g‘ri keldi - uning shol kasaliga yo‘liqqaniga 8 yil bo‘lgan va bu vaqt ichida mushaklar atrofiyasi qayd etilgan. Harakatlar sekinligiga qaramay, Kochevar implantantlar yordamida buning uddasidan chiqmoqda, masalan choy ichish yoki ovqat eyish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shol kishi birinchi marta fikr kuchi bilan harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi