13:56 / 30.03.2017
8 400

Dunyodagi eng og‘ir odam operasiya qilinishga tayyorlanmoqda

Dunyodagi eng og‘ir odam operasiya qilinishga tayyorlanmoqda
6 yildan beri semizligi tufayli to‘shakka mixlanib qolgan, dunyodagi eng semiz odam deb e’tirof etiluvchi 32 yoshli meksikalik Xuan Pedro Frankoning azoblari tugashi mumkin. Akvaskalientes shahrida yashovchi Xuanning o‘zi uning oshqozonida o‘tkaziladigan shuntlash operasiyasi juda bo‘lmasa unga uyidan chiqishga va ozmi-ko‘pmi normal hayot kechirishga imkon berishiga umid qilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Oxirgi 6 yil Xuan ba’zida 595 kilogrammgacha etgan ulkan vazni sababli to‘shakdan tura olmagan. Operasiya 9 may kuniga belgilangan. Shifokorlar bu operasiya evaziga Xuan juda bo‘lmasa yarim vaznini tashlashiga umid qilishmoqda. Xuan operasiyadan oldin ozishi kerakligi sababli 3 oyga parhezga o‘tqazildi.

U hozirda Gvadalaxaradagi ozish uchun mo‘ljallangan maxsus klinikada qolmoqda. U bu erga o‘tgan yil noyabrida maxsus furgonda olib kelingan. Uning klinikaga kelgandagi vazni 590 kg ni tashkil qilgan. Xuan operasiyagacha 175 kg ga ozishi kerak edi.

"U deyarli vaznining uchdan birini tashladi va operasiyaga deyarli tayyor", deb aytdi jarroh Xose Antonio Kruz.

Shifokor operasiyaga katta umid bilan qaramoqda, biroq ba’zi asoratlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Uning aytishicha, birinchi jarrohlik aralashuvidan keyin yana bitta operasiya o‘tkazish talab qilinadi.

Xuan Franko o‘ziga o‘xshash semiz odamlarni muqarrar o‘limni kutib o‘tirmay, uyat va qo‘rquvni bir chetga surib, shifokorlarga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. Xuan davolangach, raqs tushish, qo‘shiq kuylash va mashina haydash kabi azaliy orzulari ro‘yobga chiqishiga ishonmoqda.

Xuan yoshligidan shunaqa semiz bo‘lgan. U 6 yoshida 60 kg kelgan, 17 yoshida esa vazni 220 kg ni tashkil qilgan. Uning jadal semirishiga avtofalokat sabab bo‘lgan, u falokat oqibatida bir yildan ko‘proq to‘shakka yotib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi eng og‘ir odam operasiya qilinishga tayyorlanmoqda