23:52 / 30.03.2017
10 479

Toshkentda bir haftada 9 ta fohishaxona va 24 fohisha aniqlandi

Toshkentda bir haftada 9 ta fohishaxona va 24 fohisha aniqlandi
Shaharda fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanishning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

Xabar berishlaricha, 24—30 mart kunlari davomida Toshkent shahrida 9 ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashari, fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 24 nafar va jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan 426 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir haftada 9 ta fohishaxona va 24 fohisha aniqlandi