13:56 / 02.04.2017
7 656

Erdo‘g‘on o‘zini tinchlik va ozodlik himoyachisi deb atadi

Erdo‘g‘on o‘zini tinchlik va ozodlik himoyachisi deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tinchlik va ozodlik himoyachisi ekanligini ma’lum qildi. Uning bayonoti prezident vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan konstitusiyaviy islohotni qo‘llab-quvvatlovchi tashrifi davomida ma’lum qilindi. Bu haqda «RBK»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Kurdiston ishchi partiyasi tarafdorlari «tinchlik, tinchlik, tinchlik» deyishda davom etmoqda. Quruq gaplar tinchlikni keltira oladimi? Qo‘lida qurol tutib yurganlar bilan tinchlik o‘rnatila oladimi?

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti

Turkiya rahbari Diyorbakir shahridagi chiqishida o‘zi ham tinchlikka intilishini ta’kidladi. «Biz tinchlikni saqlovchilarmiz, biz ozodlik himoyachilarimiz», — deya ta’rif berdi u turk rahbariyati pozisiyasiga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erdo‘g‘on o‘zini tinchlik va ozodlik himoyachisi deb atadi