10:42 / 03.04.2017
7 739

Yaponiyaning elektron musiqa asboblari ishlab chiqaruvchi Roland kompaniyasi asoschisi vafot etdi

Yaponiyaning elektron musiqa asboblari ishlab chiqaruvchi Roland kompaniyasi asoschisi vafot etdi
Yaponiyaning elektron musiqa asboblari ishlab chiqaruvchi Roland kompaniyasi asoschisi Ikutaro Kakexasi 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Roland kompaniyasiga 1972 yilda asos solingan va deyarli darrov elektron musiqa asboblar yaratish hamda ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda etakchi o‘rinni egallagandi. Xususan, kompaniyaning dram-mashinalari va sintezatorlari nom qozondi.

Hozirda kompaniyada 3 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi, uning aksiyalari esa Tokio fond birjasiga qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiyaning elektron musiqa asboblari ishlab chiqaruvchi Roland kompaniyasi asoschisi vafot etdi