13:42 / 03.04.2017
5 897

Samarqandda ikki nafar giyohfurush 11 yilga qamaldi

Samarqandda ikki nafar giyohfurush 11 yilga qamaldi
“O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas” deganlari bejiz emas. Muqaddam 3 marotaba giyohvandlik moddalarini sotish hamda bojxona chegarasidan noqonuniy o‘tkazish kabi jinoyatlarni sodir etib yaqindagina jazosini o‘tab chiqqan, Urgut tumanida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.Muxammadiev yana eski kasbini qo‘msadi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Afsuslar bo‘lsinki, Nurobod tumani Nurbuloq shaxarchasida yashovchi giyohfurush E.Buronovni ham aynan qing‘ir maqsadlar A.Muxammadiev bilan “birlashtirdi”. Ushbu “duet” Nurobod tumanida giyohvand moddalarning o‘zaro oldi-sotdisini amalga oshirayotgan paytda fosh qilindi.

Natijada, A.Muxammadiev va E.Buronovlar 30 gramm atrofidagi “marixuana” giyoxvandlik moddasini namuna sifatida sotish uchun taqdim etgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, olingan ma’lumotlar asosida ushbu shaxslarning yashash xonadonlari amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida kinolog xizmati iti yordamida ko‘zdan kechirilganda, bu erda ham E.Buronov tomonidan ekib etishtirilgan va kelajakda sotish uchun yashirin tarzda saqlanib kelinayotgan bir dona qopda 8 kg. 249,54 gr. quruq holatdagi “marixuana” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi va 2017 yil 13 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning hukmiga binoan, A.Muxammadiev 11 yil 6 oyga va fuqaro E.Buronov 11 yilga ozodlikdan maxrum qilish jazosiga xukm qilindi va olingan jami 8 kg. 279,54 gr. ashyoviy dalillar yo‘q qilinishi belgilanib, jinoyat uchun jazoning muqarrarligi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ikki nafar giyohfurush 11 yilga qamaldi