10:35 / 05.04.2017
7 105

Mirziyoyev va Putin madaniy tadbirlarda ham ishtirok etadilar

Mirziyoyev va Putin madaniy tadbirlarda ham ishtirok etadilar
Ayni vaqtda davlat tashrifi bilan Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin va Bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan uchrashuv o‘tkazishi belgilangan.

Muhokamalar chog‘ida iqtisodiy hamkorlik masalasida shartnomalar imzolashdan tashqari, madaniy dasturda ham ishtirok etish rejalashtirilgan. Prezidentlar Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyiga tashrif uyushtirishlari belgilangan. Bu erda ular Igor Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining san’at muzeyi kolleksiyasidan o‘rin olgan rus san’atiga oid ekspozisiya bilan tanishadilar. Bu haqda TASS agentligiga tayanib "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Ekspozisiyadan 234 ta buyum joy olgan. Ular orasida rassomlik va grafika, dekorativ-amaliy san’at asarlari, shuningdek, arxeologik artefaktlar bor.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘rnatilgan diplomatik munosabatlarning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston va Rossiyaning Madaniyat vazirlari ham ishtirok etadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev va Putin madaniy tadbirlarda ham ishtirok etadilar