10:59 / 05.04.2017
6 514

Aholiga onkologik yordam ko‘rsatish uchun 32.5 millard so‘m ajratiladi

Aholiga onkologik yordam ko‘rsatish uchun 32.5 millard so‘m ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga yozilgan sharhda qayd etilishicha, onkologik kasalliklarga qarshi kurashish yangi sifat bosqichiga o‘tadi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Onkologiya xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash sohasida ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, shuningdek, ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mahalliy amaliyotga joriy etish, vrachlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi maqsadida etakchi onkologiya klinikalari bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatish yo‘li bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish qabul qilingan dasturning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga onkologik yordam berishni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi byudjeti mablag‘laridan 32,5 milliard so‘m hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari va grantlari hisobiga 144,1 million AQSh dollar jalb etiladi.

Prezident qarorida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi 100 ming aholiga onkologik kasalliklardan vafot etish ko‘rsatkichini 38,7 foizdan 35 foizgacha pasaytirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni o‘smaga qarshi preparatlar bilan ta’minlashni 33 foizdan 90 foizgacha ko‘paytirish, aholining davolashning yuqori texnologik turlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplashni 70 foizgacha etkazish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholiga onkologik yordam ko‘rsatish uchun 32.5 millard so‘m ajratiladi