16:36 / 05.04.2017
7 622

Toshkent shahrida yana yong‘in yuz berdi

Toshkent shahrida yana yong‘in yuz berdi
Toshkent shahar, Yunusubod tumanida joylashgan tuman elektr podstansiyasida transformator yonib ketgan. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tillaxo‘jaevning ma’lum qilishicha, yong‘in soat 14:34 da boshlangan, o‘t o‘chirish mashinalari 14:40 da etib borgan. Soat 14:54 da yonayotgan ob’ekt to‘liq o‘rab olinib, 14:56 da yong‘in xavfi butkul bartaraf etilgan.

Yong‘in sabablari hozirda o‘rganilmoqda. Xabar qilinishicha, yong‘in unchalik xavfli tus olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida yana yong‘in yuz berdi