Kremlda Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston delegasiyasi uchun rasmiy kechki ovqat marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Sputnik nashri.
Ikki mamlakat rahbarlari muzokaralari va shartnomalar imzolash marosimidan keyin, Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbari uchun Kreml zallari bo‘ylab kichik ekskursiya o‘tkazdi. Undan keyin ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari tantanali kechki ovqat uchun to‘planishdi.
— Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar, deb o‘zbek maqolini keltirdi mehmonlar oldida so‘zga chiqqan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, va — Biz birlashsak, hamma ish qo‘limizdan keladi, deb qo‘shimcha qildi.
O‘z navbatida so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev, Rossiya O‘zbekistonning hayot sinovidan o‘tgan, ishonchli strategik hamkori ekanligini ta’kidladi.
Prezidentlar bir-birlarining sog‘liqlari uchun qadah ko‘tarishdi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbariga O‘zbekiston delegasiyasiga ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Vladimir Putinni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi