11:42 / 07.04.2017
5 897

Shavkat Mirziyoyev MDH Ijroiya qo‘mitasi raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev MDH Ijroiya qo‘mitasi raisini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 6 aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Bu haqda O‘zAga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

Suhbat chog‘ida MDH doirasida erkin savdo zonasining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, transport-kommunikasiya tarmoqlarini jadal rivojlantirish va butun mintaqaning tranzit salohiyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlar amalga oshirilayotgani, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangani, Prezidentning virtual qabulxonasi, joylarda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari odamlarning talab va istaklarini ro‘yobga chiqarayotgani, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasidagi ishlar yurtdoshlarimizning davlatga ishonchini mustahkamlayotgani ta’kidlandi.

Sergey Lebedev Prezidentga samimiy qabul, Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi samarali o‘tishiga muvaffaqiyat tiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev MDH Ijroiya qo‘mitasi raisini qabul qildi