O‘tkazilayotgan turli profilaktik tadbirlarga qaramasdan, noqonuniy qurol saqlayotganlar hamon uchrab turibdi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Xususan, Zomin tumanida istiqomat qiluvchi Nurbek Do‘sanov yashash xonadonidan 500 metr yuqorida joylashgan tog‘ toshlari orasida marhum otasidan qolgan ov qurolini qonunga xilof ravishda saqlab kelgan.
Tezkor tadbirda uning qilmishi fosh etildi. Sud ballistik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ushbu ov quroli 1961 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, otish uchun yaroqli ekan. Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan N.Do‘sanov sud tomonidan eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Shu tumanda yashovchi Alijon Oqqulovning ham uyidan o‘qotar qurol topildi. U bu qurolni bir tanishidan kelishuv asosida olgan ekan. Alijon qurolni o‘ziga tegishli fermer xo‘jaligining chorva mollari xashakxonasida saqlab kelgan. U ham qonunga muvofiq jazoga tortildi. Ish yuzasidan olingan ov quroli tegishli tartibda IIBga topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi