6 621
O‘zbek haydovchilari lol qoldirishda davom etishmoqda: Buxorodagi noodatiy holat (foto)
Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlardan birida noodatiy fotosurat e’lon qilindi. Unda haydovchining o‘zi va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan behurmatsizligi yoqqol namoyon bo‘ldi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Tasvirlar Buxorodan olingan bo‘lib, unda “Neksiya” haydovchisining o‘z mashinasida juda katta hajmdagi gazlamani olib ketayotganini ko‘rish mumkin. U transport vositasiga ancha qiziq tarzda joylashtirilgan – avtomobil orqa derazalari orqali joylashtirib qo‘yilgan. Hech shubha yo‘qki, bunday avto dunyoning istalgan mamlakatidagi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatilardi, bizda esa...
Bu fotosuratga qator izohlar ham qoldirilgan. Ulardan birida: "U telefonda ham gaplashmoqda, shekilli???", - deya yozilgan bo‘lsa, boshqasida “Yukxonaga ham o‘n qop sement joylashtirsa bo‘lardi”, deyilgan.
Xullas, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston yo‘llarida bunday g‘ayrioddiy holatlarni ko‘plab uchratish odat tusiga kirib qoldi... “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi