Uchinchi marotaba egizaklarni dunyoga keltirgan qozog‘istonlik ayol mukofotlandi

  • 11 aprel 2017, 09:27
  • 5 173
  • Jamiyat
  • Uchinchi marotaba egizaklarni dunyoga keltirgan qozog‘istonlik ayol mukofotlandi
    Janubiy Qozog‘istonning Tyulkubass tumanida yashovchi ayol uchinchi marotaba egizaklarni tuqqani uchun "Altin alqa" bo‘yinbog‘i bilan taqdirlandi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

    Tyulkubass tumanining Turar Risqulov qishlog‘ida yashovchi Galim Galbiyat oilasida 8 farzand katta bo‘lmoqda. Uning rafiqasi uchinchi marotaba egizaklarni dunyoga keltirdi. Yosh ona-qahramon Ulbosin Jasimbekovani Tyulkubass tumani hokimi N.Turashbekov qarshi oldi va "Altin alqa" bo‘yinbog‘i bilan taqdirladi.

    2012 yilda "Diplom bilan qishloqda" dasturida yosh oilaga turar-joy taqdim etishgan edi. Hozirgi kunda egizaklarning ota-onalari mahalliy kasalxonada shifokor bo‘lib ishlashadi.

    Tuman hokimi bo‘yinbog‘ni topshirar ekan, ko‘p farzandli yosh onaga mamlakatning demografik rivojlanishi uchun ulkan hissa qo‘shganiga minnatdorchilik bildirdi.

    Eslatib o‘tamiz, yosh shifokorlar oilasida Arujan (4-sinf), egizaklar Kimbat va Simbat (7 yosh), ikkinchi egizaklar Uljan va Ulpan (5 yosh) katta bo‘lmoqda.

    Bundan tashqari, ularning 3 yoshga to‘lgan Akaris ismli katta o‘g‘li va 2015 yilda dunyoga kelgan navbatdagi egizaklari (Bekaris va Janaris) ham bor.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Uchinchi marotaba egizaklarni dunyoga keltirgan qozog‘istonlik ayol mukofotlandi