17:55 / 12.04.2017
6 704

Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari va ijtimoiy ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi

Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari va ijtimoiy ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib UZ24 xabar berdi.

Prezident tashrifini Chilonzor tumanidagi “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatidan boshladi. “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining umumiy er maydoni 3,91 gektar, ishlab chiqarish maydoni 2,26 gektar. Bu erda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuchlanishli qurilmalar tayyorlanmoqda, shu yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hududda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.

Jamiyatning bo‘sh turgan binolari negizida texnopark tashkil etilib, 2017-2018 yillarda 10 investisiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijasida bu erda kassa va terminal uchun qog‘ozlar, trikotaj mahsulotlari, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, propilen qoplar, mebel, akril va kanselyariya tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Davlatimiz rahbari bu erda import tovarlarni mahalliylashtiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari va ijtimoiy ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi