18:17 / 13.04.2017
7 827

Mashina haydashni YouTube'da o‘rganib olgan 8 yoshli bola ota-onasi avtomobilini olib qochib ketdi

Mashina haydashni YouTube'da o‘rganib olgan 8 yoshli bola ota-onasi avtomobilini olib qochib ketdi
AQShning Ohayo shtatida sakkiz yoshli bola ota-onasiga tegishli mashinani, ular uxlab yotganida olib qochib ketdi. Bolakay mashina haydashni YouTube’dagi videodarslar yordamida o‘rganib olgan. Bu haqda Fox8 kanali xabariga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Hodisa 9 aprel, yakshanba kuni yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, bolakay ota-onasiga tegishli mashinani olib qochib, «Makdonalds»ga yo‘l olgan. Uning sakkiz yoshli singlisi esa yukxonada bo‘lgan. Bolakay taxminan uch kilometr masofani, to‘rtta chorraha, temir yo‘lidan o‘tish qismini bosib o‘tgan va bir necha bora burilgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, u tezlik rejimiga rioya qilgan va yo‘l belgilariga e’tibor bergan.

Polisiyaga esa o‘sha guvohlardan biri xabar bergan. «U hech nimaga shikast etkazmadi. Bu ajoyib», - deya ta’kidlab o‘tdi polisiya vakili.

Bolakay kafe oynasi yaqinida to‘xtab, chizburger, kartoshka fri va naggetslar buyurtma qilgan. Buyurtmaga esa o‘zi yiqqan pullar orqali to‘lovni amalga oshirgan.

“O‘ylashimcha, ro‘y bergan holatdan yaxshigina xulosa chiqarsa bo‘ladi. Bolalar texnologiyalar sabab yaqinda o‘zlari xohlagan ishni bemalol qila olishlari mumkin bo‘ladi. Bu bolakay haydashni YouTube’da o‘rganib olgan. Aftidan, u besh daqiqali videoni tomosha qilib, buni sinab ko‘rishga qaror qilgan”, - deydi polisiya vakili Jeykob Kyoxler.

Yakunda bolalar voqea joyini ota-onasi bilan birgalikda tark etishgan. Polisiya ularga nisbatan hech qanday ayblov qo‘ymadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashina haydashni YouTube'da o‘rganib olgan 8 yoshli bola ota-onasi avtomobilini olib qochib ketdi