18:20 / 13.04.2017
11 544

Toshkentda hafta davomida 30 fohishaxona aniqlanib, 69 fohisha qo‘lga olindi

Toshkentda hafta davomida 30 fohishaxona aniqlanib, 69 fohisha qo‘lga olindi
Toshkent shahrida fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan «Oriyat» tadbirlari o‘tkazilmoqda, deb yozadi Daryo nashri.

Toshkent shahar IIBBdan ma’lum qilishlaricha, 7—13 aprel kunlari o‘tkazilgan tadbirlar davomida fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish bilan bog‘liq 30 ta holat aniqlangan.

Xabar berishlaricha, mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 131-moddasi («fohisha saqlash va qo‘shmachilik qilish») alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, 69 kishi fohishalik bilan shug‘ullanayotgani, 84 nafar shaxs jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi aniqlanib, barchasiga ma’muriy chora ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda hafta davomida 30 fohishaxona aniqlanib, 69 fohisha qo‘lga olindi