19:13 / 13.04.2017
6 386

Kameralar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar soni bu hafta oshdi

Kameralar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar soni bu hafta oshdi
7-13 aprel kunlari Toshkent shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 7.969 ta qoidabuzarlik aniqlangan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Bu haqda bugun, 13 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Hafta davomida chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 8.559 ta qoidabuzarlik aniqlanib, tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Aniqlangan qoidabuzarliklarning 4217 tasi sfetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 4342 tasi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qoidabuzarliklaridir.

Eslatib o‘tamiz, may oyidan boshlab haydovchilar chorrahalarda aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kameralar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar soni bu hafta oshdi