19:30 / 13.04.2017
5 971

O‘zbekiston baxtli mamlakat sifatida MDHda birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston baxtli mamlakat sifatida MDHda birinchi bo‘ldi
Sustainable Development Solutions Network tashkiloti butunjahon baxtlilik darajasi haqida an’anaviy tarzda ma’lumot yig‘adi va buni keng ommaga e’lon qiladi. Bu yil ham Xalqaro baxt kunida tashkilot BMT bilan hamkorlikda ana shunday baxtlilik reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Jahon” agentligiga tayanib Qalampir.uz sayti yozmoqda.

Reytingda O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yuqori, 155 davlat ichida esa 47-o‘rinni band etgan.

Reyting natijalari 155 mamlakatning har biridan qatnashgan 3000 kishi so‘rovi asosida tuzilgan. Ulardan bir necha kategoriyalar bo‘yicha mamlakatdagi sharoitni 0 dan 10 balgacha mezonda baholash so‘raldi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom hayot tarzining davom etish muddati, tanlash erkinligi, saxiylik va korrupsiyadan himoyalanganlik kabi turkumlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar taqdim etildi.

O‘zbekiston hayotdan mamnunlikning o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari bo‘yicha dastlabki o‘ntalikka kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston baxtli mamlakat sifatida MDHda birinchi bo‘ldi