21:55 / 13.04.2017
8 240

Qozog‘istonlik o‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyev Toshkentga keldi

Qozog‘istonlik o‘zbek milliarderi Fattoh Shodiev Toshkentga keldi
Xorijiy internet nashrlarida o‘zbek milliarderi Fattoh Shodievning 8 aprel kuni Toshkentga kelgani keng muhokama qilinmoqda. Vodiymedia.uz internet nashri Shodiev tavallud ayyomini besh yulduzli “Hyatt” mehmonxonasida katta tantana bilan nishonlaganligi haqida yozmoqda.
15 aprel kuni 64 yoshni qarshi oladigan tadbirkor tomonidan tashkil etilgan marosimda ko‘plab yirik biznesmenlar, jumladan Aleksandr Mashkevich va Telman Ismoilovlar ishtirok etishgan. Shuningdek xabarda, bu tashrif Shodiev tomonidan O‘zbekistonga investisiya kiritish niyati borligidan darak berib turgani, yaqin vaqt ichida u ona yurtida ham faoliyatini boshlashi mumkinligi haqida yozilgan.
Ayni vaqtda boshqa bir qator internet nashrlarida ham Fattoh Shodievning O‘zbekistonga investisiya kiritishi borasidagi xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Shuni aytish lozimki, dunyo miqyosidagi yirik tadbirkorning yurtimizda ish boshlashi albatta O‘zbekiston iqtisodiyotiga foydasini berishi tayin.
Fattoh Qayumovich Shodiev 1953 yilning 15 aprelida Jizzax viloyatida tavallud topgan, mehnat faoliyatini “Sirdaryo haqiqati” gazetasida musahhihlikdan boshlagan. 1976 yilda MGIMOni “Xalqaro huquq” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. U yana bir o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov hamda siyosiy arbob, o‘z vaqtida Rossiya prezidenti yordamchisi bo‘lib ishlagan Sergey Yastrjembskiylar bir kursda tahsil olgan. O‘qishni tamomlagach Sobiq Ittifoqning Yaponiyadagi savdo vakili maslahatchisi va sovet-yapon munosabatlari bo‘yicha mutaxassis sifatida ishlagan.
Ittifoq parchalanganidan so‘ng Qozog‘istonda biznes bilan shug‘ullana boshlagan. 1992 yilda Aleksandr Mashkevich va Alijon Ibrohimov bilan birga Eurasian National Resources Corporation (ENRC) xolding kompaniyasiga asos solgan. Bu kompaniya Qozog‘istonda elektroenergiya ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra Shodievning boyligi 3,7 milliard dollarni tashkil etadi. Fattoh Shodiev, 1997 yildan Belgiya fuqarosi ham hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonlik o‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyev Toshkentga keldi