7 843
Qing‘ir ishning qiyig‘i: kameralardan avtomobil raqamini yashirishga uringanlar qo‘lga tushdi
15 martdan e’tiboran Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga o‘rnatilgan 883 ta kuzatuv kamerasi qoidabuzarliklarni qayd etib, jarimalar belgilashni boshlaganidan buyon ko‘plab haydovchilarning halovati yo‘qoldi. Aksariyat haydovchilar endi qoidalarni buzmaslikka, tezlikni me’yordan oshirmaslikka urinyapti. Biroq ular orasida o‘zini tarbiyalash, namunali haydovchi bo‘lishga harakat qilish o‘rniga yo‘l patrul xizmati xodimlari tugul kuzatuv kameralarini ham aldashga, transport vositasining davlat raqamini berkitishga urinayotganlar-da uchrab turibdi.
O‘tkazilgan reydlar davomida avtomashina davlat raqamlarining tusi va rangini oq bo‘yoq bilan o‘zgartirish va xiralashtirish, ustiga oq nim yoki plyonka qoplama yopishtirish, davlat standartlariga javob bermaydigan davlat raqamini taqib yurish holatlari aniqlanmoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Bugungi kunda 7 ta shunday holat aniqlanib, qonun buzgan fuqarolarga nisbatan tegishli ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Shu yilning 8 aprel kuni Erbol Dosimbetov Matiz rusumli avtomashinasining orqa va oldi davlat raqamlari ustiga, 11 aprel kuni Nuriddin Raeziev o‘zining Spark rusumli avtomobilining orqa davlat raqami ustiga o‘zboshimchalik bilan plyonka qoplama yopishtirib, davlat raqamining ko‘rinishini o‘zgartirganlari aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.
Bu nafaqat qoidabuzarlikdan qutulib qolishga, balki ichki ishlar xodimlarini chalg‘itib, boshqa shaxsga nisbatan jarima solishga va o‘z navbatida fuqarolarda norozilik kayfiyatini uyg‘otishga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi