Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida olib borilgan “ORIYaT” tadbiri davomida jami 30ta holat aniqlangan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma’lum qilishlaricha, Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya’ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 7-13 aprel kunlari o‘tkazilgan tadbirlarda 69 nafar shaxs fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotganligi,
84 nafar shaxslar jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi aniqlanib, barchasiga nisbatan ma’muriy ta’sir choralar ko‘rildi.
Xususan, 13 aprel kuni Yashnobod tumanida 4 nafar fohisha ayol va 7 nafar hind millatiga mansub xorijlik fuqaro fohishaxonada ushlangan. Ayni vaqtda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayapti.
Muqaddam sudlanganlar, profilaktik hisobda turuvchilar o‘rtasida ham profilaktik ishlar amalga oshirildi.Jumladan, 674 nafar muqaddam sudlangan shaxslar, 1046 nafar ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi