16:23 / 17.04.2017
6 531

Turkiyada muxolifat jiddiy talab bilan chiqdi

Turkiyada muxolifat jiddiy talab bilan chiqdi
Turkiyada asosiy muxolifat partiyasi hisoblanmish Jumhuriyat xalq partiyasi (Respublika xalq partiyasi) saylov komissiyasini konstitusiyaviy islohot bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalarini bekor qilishga chaqirdi. Associated Press'ga tayanib Kun.uz yozishicha, partiyadagilar referendum vaqtida qoida buzilishlariga yo‘l qo‘yilganini iddao qilishmoqda.

Partiya raisi o‘rinbosari Bulent Tezkanning so‘zlariga ko‘ra, «referendumning qonuniyligi bo‘yicha bahslarga yakun yasash va xalqni tinchlantirishning yagona yo‘li saylov komissiyasi ovoz berish natijalarini bekor qilishi bo‘ladi».

Qayd etilishicha, muxolifat vakillari komissiya rasman muhrlanmagan byulletenlar ham qabul qilganini aytmoqda.

16 aprel kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan davlat boshqaruvining prezidentlik shakliga o‘tish bo‘yicha referendumda konstitusiyani isloh qilish tarafdorlari g‘olib chiqdi.

Konstitusiyani isloh qilish uchun fuqarolarning 51,2 foizi ovoz berdi, 48,8 foizi bunga qarshi chiqdi.

Bu referendumni o‘tkazish taklifi mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning partiyasi bo‘lmish Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada muxolifat jiddiy talab bilan chiqdi