Andijon shahrida “Fetus medicine” davolash va diagnostika markazi ish boshladi. Ushbu markazda xotin-qizlarga ginekologiya, dermatologiya, fizioterapiya, UZI, EKG, qon va siydik tahlillari bo‘yicha xizmat turlari taklif etiladi. Bu haqda “Andijonnoma” saytiga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
26 nafar malakali shifokor va hamshiralar faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu maskanda bemorlar stasionar va ambulator sharoitida davolanishlari mumkin. 1 milliard 125 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod bo‘lgan muassasada boshqa turdosh markazlardan farq qiluvchi jihatlar juda ko‘p. Masalan, kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Eng so‘nggi rusumdagi va jahonning tibbiyot sohasidagi texnik vositalar ishlab chiqarishda etakchi mamlakatlar bo‘lmish Xitoy va Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan texnik tibbiy vositalar to‘g‘ri, aniq tashxis qo‘yish va davolash imkonini beradi. Bemorlar bepul nonushta, maslahat va boshqa xizmat turlaridan foydalanish imkoniga ham egalar.
Andijon davlat tibbiyot institutining ikkinchi bosqich talabasi, 21 yoshli Jasurbek Qo‘chqorov rahbarligidagi ushbu jamoa o‘z faoliyatini xayrli ishlarga yo‘naltirishni rejalashtirgan. Faoliyatning ilk kunida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi besh nafar bolajonning sunnat to‘ylarini tashkillashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!