19:39 / 17.04.2017
8 175

Yangi nizom: harbiy pensionerlar lisey va kollejlarga ishga qabul qilinadi

Yangi nizom: harbiy pensionerlar lisey va kollejlarga ishga qabul qilinadi
O‘zbekiston prezidentining 17 fevraldagi PF-4960 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik liseylar, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Pensionerlarni ishga qabul qilish ularni yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalash jarayoniga yanada kengroq jalb etish maqsadida amalga oshiriladi.

Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar harbiy-akademik liseyda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Pensionerlar harbiy-akademik liseylarning bo‘sh (vakant) direktori lavozimlariga, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilari lavozimlarida ishlashlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi nizom: harbiy pensionerlar lisey va kollejlarga ishga qabul qilinadi