20:32 / 17.04.2017
9 739

​Toshkentda mashinadan katta miqdorda pul o‘g‘irlandi

​Toshkentda mashinadan katta miqdorda pul o‘g‘irlandi
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida joylashgan “Al-Qasr” kafesi oldida 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli Spark rusumli avtomashinaning orqa o‘rindig‘ida turgan, ichida 7 600 000 so‘m pul bo‘lgan paket o‘g‘irlab ketildi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

IIV Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko‘rgan choralari natijasida jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib Sergeli tumanida yashovchi, 1983 yil va 1994 yilda tug‘ilgan ikki shaxs qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Toshkentda mashinadan katta miqdorda pul o‘g‘irlandi