22:20 / 17.04.2017
5 474

Tishlarda yuq qoldirmaydigan rangsiz qahva ishlab chiqildi

Tishlarda yuq qoldirmaydigan rangsiz qahva ishlab chiqildi
Clr Cff brendi asoschilari Adam va Devid Nad qanday qilib qahvani butunlay rangsizlantirishga muvaffaq bo‘lishgani sirini oshkor qilishmayapti. Kun nashri ushbu qiziq loyiha haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Asoschilarning so‘zlariga ko‘ra, ular rangsiz qahvani ishlab chiqish uchun 3 oydan ko‘proq vaqt sarflashgan. Yangi mahsulot tarkibi suv va qahvadan iborat bo‘lib, unda hech qanday konservantlar, aromatizatorlar va stabilizatorlar yo‘q.

Mazkur loyihaning qanday qabul qilinishini oldindan aytish qiyin, lekin qanday bo‘lmasin, u odamlarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda.

Bugungi kunda Clr Cff faqat Buyuk Britaniya va Slovakiyada sotilmoqda. 200 ml'li qahvaning 5 tasi - taxminan 15 funt. Britaniyada oddiy qahvaning bir porsiyasi o‘rtacha 2 funtga baholanishini inobatga olsak, yangi qahva narxi u qadar qimmat hisoblanmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tishlarda yuq qoldirmaydigan rangsiz qahva ishlab chiqildi