Oilasini buzish bu zinodan ham og‘irroq gunohligi aytildi

  • 18 aprel 2017, 10:24
  • 8 163
  • Jamiyat
  • Eri bor ayolga sovchi bo‘lish mutlaq haromdir, gunohdir. Ba’zilar «Bu shundoq ham tushunarli-ku, kim ham eri bor ayolga sovchi bo‘lardi? Boshida eri bor ayolga sovchi bo‘lish gunohligini hamma biladi» deyishi mumkin. Lekin shunday kimsalar borki, tuppa-tuzuk yashab turgan er-xotinni bir-biriga qayrab, erini xotiniga, xotinni eriga yomon ko‘rsatib, oilasini buzish mumkin. Birovning ayoliga erishish uchun unga yaxshi gapiraverib, sovg‘a-salomlar beraverib, oxiri eridan aynitishi, erdan ajrasang, senga uylanaman deb, uylanib olayotgan nomardlar ham ozmuncha emas ekan.
    Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bir ayolni eriga qarshi qayrab, eriga munosabatini buzgan yoki qulni o‘z xojasiga qarshi qayragan odam bizdan emas», deganlar. Bir rivoyatda «Xotinni eriga qayragan odam» deyilgan. Imom Abu Dovud rivoyat qilgan.

    Masalan, bir odam tuppa-tuzuk yashab turgan oilaning o‘rtasiga tushib, er-xotinning orasini buzadi, oxiri ish taloqqa borib etadi, keyin u o‘sha ayolga uylanadi. Yana o‘zicha «Men zino qilmadim. Talog‘ini oldi, iddasini o‘tirdi, shundan keyin men uni nikohimga oldim» deyishadi. To‘g‘ri, zino qilmagandir, lekin zinodan ham yomon ishni qildi, oilani buzdi. Payg‘ambar alayhissalom unday odamni «Bizdan emas» deganlar. Demak, ikki kishini, ayniqsa, er-xotinni bir-biriga gijgijlagan odam bizdan emas ekan, ya’ni musulmonlardan emas ekan. Buning ma’nosi iymondan chiqishdir. Bu zinodan ham og‘irroq gunoh bo‘ladi. Shuning uchun birinchi navbatda eri bor ayolga sovchi qo‘yish mutlaqo harom deyilgan.

    Rahmatulloh SAYFUDDINOV
    Yunusobod tumani bosh imom-xatibi,
    Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,
    «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oilasini buzish bu zinodan ham og‘irroq gunohligi aytildi