13:53 / 18.04.2017
7 208

Koreyada ishlashni istagan fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi

Koreyada ishlashni istagan fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi
Tashqi mehnat migrasiyasi masallari agentligi 2017 yilning 27-28-29-30 mart kunlari va 1-3 aprelda Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayonini o‘tkazgan edi.

Mazkur ro‘yxatga olish jarayonida yuz bergan jiddiy texnik uzilishlar, Koreyada mehnat faoliyati yuritishni istovchi talabgorlar bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko‘plab anglashilmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lganligi tufayli ro‘yxatga olish natijalari bekor qilinadi. Bu haqda Uz24.uz sayti yozmoqda.

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni qaytadan yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish sanasi va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi agentlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koreyada ishlashni istagan fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi