22:38 / 18.04.2017
7 376

Toshkentda ikki avtobus «poyga»si to‘qnashuv bilan tugadi

Toshkentda ikki avtobus «poyga»si to‘qnashuv bilan tugadi
17 aprel kuni ertalab Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi yaqinida 60- va 72-avtobuslar to‘qnashuvi qayd etildi. Bu haqida avtobuslarning birida bo‘lgan guvoh Facebook'ning "Voditeli Tashkenta" guruhida ma’lum qildi deb yozadi Kun nashri.

Manbaga ko‘ra, yo‘lovchi tashuvchi ikki avtobus haydovchisi bir-biri bilan "kim o‘zar" o‘ynagan va oxir-oqibat to‘qnashuv yuz bergan. Natijada avtobuslarning deraza oynalari sinib, yo‘lovchilar hayotiga xavf tug‘idirgan.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, voqea natijasida jiddiy jabrlanganlar bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, avtobus saloni yo‘lovchiga to‘la bo‘lgan va bu odamlar orasida vahima ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Avtobuslar to‘xtagach, yo‘lovchilar tushib qolishgan.

Ushbu voqeaga munosabat bildirganlar talaygina, negaki bugunga kelib bunday holat, ya’ni avtobuslar "poyga"si oddiy holga aylanib bormoqda. Haydovchilarning bunday "bellashuvlar"i esa insonlarning sog‘lig‘i va hayotiga jiddiy xavf solmoqda.

Hozirgi ayrim haydovchilarning jamoat transportini shaxsiy avtomobilidek boshqarishi kishini ajablantiradi, bu katta mas’uliyat talab qiladi, axir. Ularning o‘ylab-o‘ylamay qilgan xatti-harakatlari nafaqat transport ichidagi yo‘lovchilar hayotini, balki yon-atrofdagi boshqa transport vositalaridagi kishilar hayotini ham xavf ostiga qo‘yishi haqida o‘ylasharmikan?! Bu o‘z nomi bilan JAMOAT TRANSPORTI!

Facebook foydalanuvchilari ushbu voqea va umuman haydovchilarning jamoat transportlarini boshqarishi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarda chora ko‘rilishiga umid bildirib qolishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikki avtobus «poyga»si to‘qnashuv bilan tugadi