09:35 / 19.04.2017
6 992

Suv qunduzi 150 ta sigirni o‘zi bilan etaklab ketdi (Video)

Suv qunduzi 150 ta sigirni o‘zi bilan etaklab ketdi (Video)
Kanada janubida suv qunduzi o‘tloqdan 150 sigirni o‘zi bilan birga etaklab ketdi, deb xabar bermoqda CBC. Hodisa tasvirlangan video sigirlar egasi Adrienna Ayvi tomonidan Facebook’da e’lon qilindi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hayvon fermaga uycha qidirib kirib qolgan. Uning paydo bo‘lishi esa, xo‘jalik hududida o‘tlab yurgan sigirlarda noodatiy reaksiya keltirib chiqardi. 150 ta sigir kemiruvchi ortidan ketib, ranchoni tark etishgan.

Ferma egasi sigirlar yo‘qolganini payqaganidan so‘ng, ularni ortga qaytarib olib kelgan. Ayvining jurnalistlarga aytishicha, sigirlar juda qiziquvchan bo‘ladi, shuning uchun suv qunduzining paydo bo‘lishiga juda noodatiy tarzda “munosabat bildirishgan”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suv qunduzi 150 ta sigirni o‘zi bilan etaklab ketdi (Video)