11:23 / 20.04.2017
10 648

Bo‘stonliqda xorij filmlaridagi kabi amalga oshirilgan jinoyat fosh etildi

Bo‘stonliqda xorij filmlaridagi kabi amalga oshirilgan jinoyat fosh etildi
Qora niqob, qora libos va sovuq qurol... Xorij filmlarida ko‘p tomosha qilingan jinoyatchining qiyofasi taxminan shunday. 20-25 yoshli yigitlardan tuzilgan jinoiy guruh ham aynan shunday usulda navbatdagi qabih ishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Qalampir.uz.
 
Jinoyatchilar 2017 yilning 10 aprel kuni taxminan soat tungi 2:30 da Bo‘stonliq tumani Iskandar qo‘rg‘oni hududidagi xonadonlarning biriga o‘g‘rilikka tushdi. Ular 1988 yilda tug‘ilgan xonadon egasini osh pichog‘i yordamida o‘ldirish bilan qo‘rqitib, ikki million so‘m puli va narxi 400 ming so‘m bo‘lgan “Nokia-225” rusumli uyali aloqa telefonini tortib olishdi. 
 
Jabrlanuvchi darhol ichki ishlar idorasiga murojaat qilgan. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni ikki nafar – 1998 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs hamda 1994 yilda va 1996 yilda tug‘ilgan shaxslar oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etganliklari oshkor bo‘ldi.
 
Ayblanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Yuqorida ta’kidlaganimiz kabi internet, xorijning jangari va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi filmlari ta’sirida jinoyat sodir etayotgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish har bir fuqaroning burchidir. 

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda xorij filmlaridagi kabi amalga oshirilgan jinoyat fosh etildi