9 nafar ichki ishlar xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi

  • 20 aprel 2017, 22:30
  • 13 557
  • Jamiyat
  • 9 nafar ichki ishlar xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi
    2017 yilning o‘tgan 3 oyi davomida umumiy tartibbuzarlik uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining 402 nafar xodimi intizomiy jazoga tortilgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev bugun, 20 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
     
    Raqamlarga murojaat qilsak, o‘tgan davr mobaynida 9 nafar Ichki ishlar idoralari xodimiga nisbatan 9 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
     
    Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun 112 nafar Ichki ishlar idoralari xodimi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 7 nafar xodim yo‘l-transport hodisalari bilan holatlarni sodir etgan.  

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 9 nafar ichki ishlar xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi