22:44 / 20.04.2017
7 902

Putin o‘zining vorisi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Putin o‘zining vorisi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin undan keyingi prezidentni faqatgina xalq tayinlashini aytdi. Putin Kremlda "Pobeda" tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishida o‘zining vorisi haqidagi gapga shu tariqa munosabat bildirdi

"Prezident vorisini Rossiya xalqi demokratik saylovlar davomida tanlaydi va boshqa hech kim emas", deb aytdi Putin Afg‘onistondagi urush nogironlari Umumrossiya tashkiloti vakili Andrey Chepurniyning gaplariga javoban.

Ikkinchi jahon urushining nishonlanishiga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Chepurniy o‘z tashkilotiga go‘yoki Federasiya kengashi mudofaa qo‘mitasining rahbari birinchi o‘rinbosari Frans Klinsevich tomonidan tashkillashtirilayotgan muntazam tekshiruvlardan shikoyat qilib, Klinsevich go‘yoki Putinning vorisi sifatida Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinni aytganini ta’kidlab o‘tdi. 

Putin Chepurniyning Klinsevich urush faxriylari tashkilotini "yo‘q qilishga" urinishlari yuzasidan bildirgan e’tirozlariga bu mojaro haqida birinchi marta eshitayotganini aytgan va uni hal qilishga va’da bergan. "Fikrimcha, afg‘on urushi faxriylarini "tugatamiz" qabilidagi gaplar bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi. Gap nimadaligini bilishga harakat qilib ko‘raman", deb qo‘shimcha qilgan Putin va o‘z ma’muriyati boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sergey Kirienkoga bu vaziyat bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma bergan.   

Klinsevichning o‘zi esa Putinning vorisi sifatida Volodinni aytgan-aytmaganini bilish maqsadida berilgan savolga "Men nima telbaga o‘xshaymanmi?", deb javob qaytargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin o‘zining vorisi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi