10:39 / 21.04.2017
10 797

Rossiyada qochib yurgan o‘zbekistonlik sobiq bankir O‘zbekistonga topshiriladimi?

Rossiyada qochib yurgan o‘zbekistonlik sobiq bankir O‘zbekistonga topshiriladimi?
Shamsutdinov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qator moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Qrim prokuraturasi tergov organlaridan qochib yurganligi uchun qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Kamoliddin Shamsutdinovga nisbatan ekstradisiya tekshiruvini o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Shamsutdinov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167- (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205- (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 209- (Mansab soxtakorligi) moddalari qator bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Ekstradision tekshiruv natijalariga ko‘ra, uni O‘zbekistonga topshirishga mon’elik qiluvchi asoslar aniqlanmagan. Shu bois Rossiya Bosh prokuraturasi Shamsutdinovni sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning tegishli organlariga topshirish haqida qaror chiqardi.

U ushbu qaror yuzasidan shikoyat qilganligi, lekin Qrim Oliy sudi tomonidan uning shikoyati qondirilmaganligi xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada qochib yurgan o‘zbekistonlik sobiq bankir O‘zbekistonga topshiriladimi?