13:43 / 21.04.2017
11 013

Uchtepa tumanida «Suvsoz»ning ta’magir xodimlari qo‘lga olindi

Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro A. 19 aprelda Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaroning arizasiga ko‘ra, «Suvsoz» davlat unitar korxonasi Uchtepa tuman filiali xodimlari undan xonadoniga ichimlik suvi o‘tkazib berish uchun 500 ming so‘m pul talab qilgan, deb yozadi Daryo nashri.
Uchtepa tumanida «Suvsoz»ning ta’magir xodimlari qo‘lga olindi
Shu kuni soat 13:00 da Uchtepa tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida «Suvsoz» DUK Uchtepa tumani filiali xodimlari — Shavkat Nurillaev va Nurilla Normetov talab qilingan 500 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Toshkent shahar IIBB kimdir mazkur shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishini so‘raydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepa tumanida «Suvsoz»ning ta’magir xodimlari qo‘lga olindi