14:07 / 21.04.2017
15 377

Xiyobonlardagi «sevishganlar»ga ichki ishlar idoralari xodimlari qanday chora ko‘rishi mumkin? (Hech qanday!)

Xiyobonlardagi «sevishganlar»ga ichki ishlar idoralari xodimlari qanday chora ko‘rishi mumkin? (Hech qanday!)
Toshkent shahar IIBBda 20 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda yoshlarning xiyobonlardagi xatti-harakatlariga oid masala muhokama qilindi, deb yozmoqda Daryo nashri.

O‘zbekiston telekanalida efirga uzatilgan «Muloqot vaqti» dasturida xiyobonlarda yigit va qizlarning quchoqlashib turishi va shunga o‘xshash xatti-harakatlariga ichki ishlar xodimlari tomonidan e’tiborsizlik qilingani tanqidga olingan.

Brifing davomida jurnalistlar ana shu holatga e’tibor qaratib, yoshlarning shunday xatti-harakatiga ichki ishlar idoralari xodimlari qanday chora ko‘rishi mumkinligi so‘radi.

Savolga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Doniyor Toshxo‘jaev javob berdi.

Biz demokratik jamiyat quryapmiz. Ushbu ko‘rsatuv efirga uzatilganidan so‘ng ichki ishlar idoralari xodimlari, tergovchilar ham bizga ana shu masalada murojaat qilib, bu holatda qanday chora ko‘rish mumkinligini so‘ray boshladi. Erkak va ayol bir-biriga nisbatan o‘z ixtiyori bilan munosabat bildirayotgan bo‘lsa, biz ularga nisbatan hech qanday chora ko‘ra olmaymiz. Bu qonunchilikda ham belgilanmagan. Yigit va qiz o‘z ixtiyori bilan bir-biriga erkin munosabat bildirayotgan vaziyatda ichki ishlar xodimining tanbeh berishi yoki chora ko‘rishi o‘z vakolatini suiiste’mol qilish hisoblanadi. Biroq agar bu holat zo‘ravonlik yoki kimningdir qarshiligiga qaramasdan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, biz bunday vaziyatning yonidan befarq o‘tib ketmaymiz.

Doniyor Toshxo‘jaev, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik

Boshqarma xodimlari va jurnalistlar bunday holatlarda jamoatchilikni jalb qilib, yoshlar bilan tushuntirish ishlari olib borish va bunday holatning o‘zbek xalqi ma’naviyat va mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan harakat ekanligini tushuntirishni eng maqbul chora sifatida ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xiyobonlardagi «sevishganlar»ga ichki ishlar idoralari xodimlari qanday chora ko‘rishi mumkin? (Hech qanday!)