13:12 / 22.04.2017
8 874

Nazarboyev beti yuvilgan-u, keti teshik deb nima haqida gapirdi?

Nazarboyev beti yuvilgan-u, keti teshik deb nima haqida gapirdi?
Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev Ostona hokimi Aset Isekeshevga poytaxt markazidagi haroba uylarga ishora qilgan, deb xabar qilmoqda qozoq OAVlari bergan xabarga iqtibos keltirgan holda dia.uz.

Nazarboyev poytaxt hokimiga eski uylar aks etgan suratlarni ko‘rsatgan.
"Poytaxtimiz markazi qanday ko‘rinishdaligini ko‘rib qo‘ying. Qara. Ana u yoqda bizning mashhur opera teatrimiz, ko‘ryapsanmi? Boshqa joylar ham bor, shahar markazida. (…) Biz nima haqda gapiryapmiz? Sayyohlar o‘sha joylarga boradilar, suratga olib, butun dunyoga ko‘rsatadilar. Yuzini yuvib qo‘yganmizu, keti esa teshik, qara", — degan Nazarboyev.

"Kelinglar, chuqurroq ishlaylik. Agar shunga zarurat bo‘lsa, buning uchun maxsus mablag‘ ajratib, aynan hozirning o‘zida tartibga keltirish kerak. EXPO bahonasida "tozalanib" olish imkoniyati bor. Agar u bu erda uylar qursa, unga arzonga tushadi. Kommunikasiyalar, issiqlik ta’minoti, hamma sharoit muhayyo. Shaharning markaziy tumanlarini g‘arib turar-joylardan ozod etish lozim. Agar buning uchun Parlamentda maxsus qonun qabul qilish kerak bo‘lsa, kelinglar, shunday qilaylik. Chunki bu er poytaxt, bu erda butun mamlakat manfaati mujassam", — qo‘shimcha qilgan Nazarboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nazarboyev beti yuvilgan-u, keti teshik deb nima haqida gapirdi?