Toshkentda ”soxta podpolkovnik” qo‘lga olindi

  • 23 aprel 2017, 09:15
  • 5 102
  • Jamiyat
  • Toshkentda ”soxta podpolkovnik” qo‘lga olindi
    Fuqarolarning ishonchini qozonib turli hiyla-nayranglarga qo‘l urgan soxta podpolkovnik Toshkentda qo‘lga olindi, deb yozmoqda sof.uz. “Podpolkovnik” asli kelib chiqishi samarqandlik. U O‘zR IIV podpolkovnigi formasini kiyib qalbaki guvohnoma bilan yurgan. Tekshiruvlar natijasida ilgari uch marta sudlanganligi ma’lum bo‘ldi.

    Soxta podpolkovnik poytaxtdan kvartiralarni ijaraga olib, boshqalarga sotish bilan shug‘ullangan. U sotmoqchi bo‘lgan kvartirasi go‘yo otasining nomiga rasmiylashtirilgani va hozir pul juda zarurligini aytib xaridorlarni ishontirgan. Qing‘ir yo‘l orqali u bir necha million so‘m va 3100 AQSh dollar orttirishga muvaffaq bo‘lgan.

    To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra soxta podpolkovnik boshqa huquqbuzarliklarga ham aloqador bo‘lib chiqishi mumkin.

    Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi undan jabr ko‘rganlarning barchasidan 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki eng yaqin milisiya bo‘limiga murojaat qilishni so‘raydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda ”soxta podpolkovnik” qo‘lga olindi