17:24 / 23.04.2017
28 009

​Pasport almashtirish muddati o‘tganlarga jarima miqdori kamaytiriladi

​Pasport almashtirish muddati o‘tganlarga jarima miqdori kamaytiriladi
Pasportining almashtirish muddati o‘tgan, yaroqsiz holga kelgan yoki yo‘qotilgan fuqarolarga amaldagi qonunchilikka ko‘ra eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida jarima (qariyb 450 ming so‘m) solinadi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz parlamentariylari tomonidan huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tayyorlangan qonun loyihasiga muvofiq, ushbu jarima miqdori eng kam ish haqining 0,5 baravaridan 3 baravarigacha belgilanadi.

Bu haqda Toshkenda Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Jarima miqdorini belgilashda fuqaroning ijtimoiy ahvoli hisobga olinadi. Agarda fuqaro pasportini qasddan yaroqsiz holatga keltirgani aniqlansa, eng katta jarima solinadi. Yoki fuqaro kam ta’minlangan aholi qatlamiga doir deb topilsa, jarimaning eng kam miqdori qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Pasport almashtirish muddati o‘tganlarga jarima miqdori kamaytiriladi