23:14 / 23.04.2017
6 502

Avstraliyada qit’aning chekkasini ko‘rish uchun mashinada yo‘lga chiqqan 12 yoshli bola qo‘lga olindi

Avstraliyada qit’aning chekkasini ko‘rish uchun mashinada yo‘lga chiqqan 12 yoshli bola qo‘lga olindi
Avstraliya g‘arbidagi Yangi Janubiy Uels shtati hududida polisiya 1300 km masofani mashina haydab yurib o‘tgan 12 yoshli bolani qo‘lga oldi.

«Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, mashina haydovchisi 12 yoshli bola bo‘lib chiqdi. U Kendalldan Pyortga yo‘l olgandi», — deya polisiyaning bayonotini keltirgan The Sydney Morning Herald nashri.

U qit’aning chekkasini ko‘rmoqchi bo‘lgandi. Mashina bamperi erda sudralib kelayotgani polisiyaning e’tiborini o‘ziga jalb etgan.

Ular bu defekt avtomobil hamda uning haydovchisi xavfsizligi uchun tahdid deb bilishgan. Mashina to‘xtatilganda ular rulda yosh bola o‘tirganini ko‘rishgan.

Polisiya bolani qo‘lga olib, mahkamaga olib ketishgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avstraliyada qit’aning chekkasini ko‘rish uchun mashinada yo‘lga chiqqan 12 yoshli bola qo‘lga olindi