Zoologlar xalqaro guruhi hayvonlarning aqliy qobiliyatlarini o‘rganib, hayvonot dunyosining eng aqlli vakillari reytingini tuzishdi.
Ushbu reytingda maymunsimonlar etakchilik qilmoqda. Olimlar ular imo-ishora va inson nutqini tushuna olishlari hamda turli harakatlarga oson o‘rgatilishlari mumkinligiga e’tibor qaratishgan.
2-o‘rinni delfinlar egallagan. Bu dengiz jonzotlari qo‘lga oson o‘rgatiladi va 14 mingta turli tovush signali chiqara oladi hamda ular yordamida bir-birlari bilan o‘zaro muloqot qiladi.
3-o‘rin esa fillarga berildi. Mutaxassislarning fikricha, bu jonzotlar ajoyib xotiraga ega. Bundan tashqari, ular infratovush va oyoqlarini topillatish yordamida bir-birlari bilan axborot almasha oladilar.
Uy jonzotlari orasida eng aqllilari mushuklar va itlar ekanligi qayd qilindi. Biroq olimlar ulardan qaysi birlari aqlliroq ekanligi borasida bir to‘xtamga kelisha olmadi, deb ma’lum qildi Nation News. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi