11:45 / 26.04.2017
7 153

Bugun AQShning birinchi xonimi tavallud ayyomini nishonlaydi (Foto)

Bugun AQShning birinchi xonimi tavallud ayyomini nishonlaydi (Foto)
Sloveniyalik sobiq fotomodel, milliarderning rafiqasi va AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp bugun 47 yoshga to‘lganini nishonlaydi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

U yoshi 47 ga to‘lganiga qaramay, so‘nggi to‘rt yil mobaynida eng mashhur moda jurnallarining muqovasini egallab kelmoqda. Amerikaning Vogue jurnali bosh muharriri Anna Vintur Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlaganiga qaramay, yangi prezidentning rafiqasi saylov oldi kompaniyasida o‘zining yuksak did bilan kiyinishini namoyish etganligini tan oldi.

Melaniya Harper's Bazaar (Bolgariya), Ocean Drive, In Style Weddings, New York Magazine, Avenue, Allure, Vanity Fair (Italiya) nashrlari bilan hamkorlik qilgan, 2000 yilda esa Sports Illustrated Swimsuit Issue jurnali yulduziga aylangan edi. Donald Tramp prezidentlikka saylanganidan keyin u o‘zini ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishladi. Melaniyaning bu vazifani qay darajada uddalashini vaqt ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun AQShning birinchi xonimi tavallud ayyomini nishonlaydi (Foto)