22:01 / 26.04.2017
4 223

Yaponiyalik vazir o‘ylamay gapirgan gapi uchun lavozimidan ayrildi

Yaponiyalik vazir o‘ylamay gapirgan gapi uchun lavozimidan ayrildi
O‘ylamay gapirgani uchun Yaponiyaning tabiiy ofatlardan keyin tiklash ishlari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik rahbari Masaxiro Imamura lavozimidan ayrildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

U 2011 yilda sodir bo‘lgan sunami oqibatida keltirilgan zarar 227 milliardni tashkil qilgani haqida gapirayotganda, “Yaxshiyamki, bu voqea Toxokuda ro‘y berdi, agar poytaxtga yaqin joyda sodir bo‘lganda bundan ham ko‘proq zarar ko‘rishimiz mumkin edi”, degani oppozisiya va matbuotda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Uning bu gapi tabiiy ofatdan jabrlanganlarga nisbatan hurmatsizlik, deb qabul qilindi. Vazir o‘ylamay gapirgan gapi uchun uzr so‘rab, iste’foga chiqish uchun ariza yozdi.

“Yaponiyaning shimoliy hududida yashovchi aholidan ularga nisbatan hurmatsizlik qilganim, ko‘ngillarini og‘ritganim uchun uzr so‘rayman. Bunga o‘ylamay gapirgan gapim sabab bo‘ldi. Sizlardan chin dilimdan kechirim so‘rayman!” dedi sobiq vazir Masaxiro Imamura.U o‘zining o‘ylamay gapirgan gapi uchun bosh vazir Sindzo Abedan ham uzr so‘radi.

2011 yilning mart oyida Yaponiya qirg‘oqlarida ro‘y bergan sunami oqibatida “Fukusima-1” AESida halokat yuz berib, 18 kishi halok bo‘lgan, 300 mingdan ortiq aholi esa o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiyalik vazir o‘ylamay gapirgan gapi uchun lavozimidan ayrildi