22:31 / 26.04.2017
20 948

Bo‘lajak rafiqasini jinsiy qul sifatida sotmoqchi bo‘lgan “kuyov” qo‘lga olindi

Bo‘lajak rafiqasini jinsiy qul sifatida sotmoqchi bo‘lgan “kuyov” qo‘lga olindi
Qozog‘istonning Ostona shahrida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari yosh qiz jinsiy qullik qurboniga aylanishining oldini olishdi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.

33 yoshli Tarazda yashovchi “kuyov” aldov yo‘li bilan 20 yoshli olmaotalik qizni Ostona shahriga olib keladi. Jabrlanuvchining so‘zlariga qaraganda, yigit qizga uylanishga va’da bergan va Ostonaga go‘yoki ota-onasi bilan tanishtirish uchun olib kelgan. Asl maqsadi esa qizni jinsiy qul sifatida “pullash” bo‘lgan.

Yigit qizni A. ismli fuqaroga 50 ming tanga evaziga “sotib yuboradi”. 33 yoshli yigit qo‘lga olinganida, uning yonidagi mazkur pullar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz yigit bilan Olmaota shahrida tanishgan. Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha tergov ishlari boshlangan. Ayblanuvchi yigit o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Shuningdek, uning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi bo‘yicha tergov harakati olib borilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘lajak rafiqasini jinsiy qul sifatida sotmoqchi bo‘lgan “kuyov” qo‘lga olindi