11:22 / 28.04.2017
6 647

Toshkentda ikkita shirkat rahbari pora ustida qo‘lga olindi

Toshkentda ikkita shirkat rahbari pora ustida qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Yunusobod va Shayhontoxur tumanidagi ikkita xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbarlari ishga joylashtirishni “biznes”ga aylantirishga uringani aniqlandi. Cho‘ntak qappaytirishning oson usuli ularga qimmatga tushdi.

2017 yilning mart oyida o‘talmay qolgan jazosini ish haqidan 30 foizini davlatga o‘tkazib berish sharti bilan axloq tuzatish ishlariga mahkum etilgan olmazorlik fuqaro A. ish izlab Yunusobod tumanidagi “Zulfiya-kommunal” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati raisi Asror Ravshanovga murojaat etadi.

A.Ravshanov ishga joylashtirish evaziga 100 AQSh dollari, bundan tashqari, har oyning yakuni bo‘yicha ham cho‘tal berib turishni shart qilib qo‘yadi.

Shayhontoxur tumanidagi “Xadra kommunal to‘lov” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi Adolat Abduqodirova esa A.Ravshanovdan ham o‘tib tushadi. A.Abduqodirova undan ish so‘rab kelgan Olmazor tumanida yashovchi fuqaro B. dan ishga joylashtirish evaziga 200 AQSh dollari talab qiladi.

Fuqaro A. va B.ning ichki ishlar idoralariga mazkur holatlar yuzasidan qilgan murojaatlari asosida har ikkala shirkat rahbari ham ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikkita shirkat rahbari pora ustida qo‘lga olindi