Kuzatuv kameralari orqali 3504 marta sfetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish, 4061 marotaba tezlikni belgilangan me’yordan oshirish holatlari qayd etilgan, deya xabar berildi 27 aprel kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda.
21-27 aprel kunlari Toshkent ko‘chalarida 28 mingdan ziyod yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari qayd etilgan. Bunda 20 458 ta qoidabuzarlik yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan, 7 565 ta qoidabuzarlik chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.
Tahlillar poytaxt ko‘chalarida 15 martdan boshlab ishga tushirilgan kuzatuv kameralari harakat xavfsizligini ta’minlashda tartib posbonlarining mushkulini ancha osonlashtirganini ko‘rsatmoqda. Xususan, videokuzatuv kameralari ishga tushgandan beri 127 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 18 nafar odam halok bo‘lgan, 147 kishi jarohatlangan. Bu o‘tgan yilga nisbatan yo‘l-transport hodisalari 56 taga, unda jarohatlanganlar 73 taga, vafot etganlarning soni esa 13 taga kamayganini ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi